Yangiliklar

Dragan Cheran – iyun oyining eng chiroyli goli muallifi

Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to'rt yo'nalish bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra eng ko'p ovoz to'play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an'anani davom ettiramiz. Joriy yildan e'tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi.Artel  savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o'z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o'zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko'rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o'rinda ko'rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o'rindagilar 2 va 1 ochkolik bo'ladi. Shuningdek, Tribuna.uznashri futbol muxlislari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo'lib, birinchi o'rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo'lga kiritadi. Yakunda eng ko'p ball to'plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e'tirof etiladi.

Ortda qolgan iyun oyida CocaColaSuperligada 4 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'ldi.

Oyning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, “Paxtakor” jamoasi hujumchisi Dragan Cheranning goli eng ko'p ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi va iyun oyining eng chiroyli goli deya e'tirof etildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida