Yangiliklar

Muhammad Diallo: «Bunyodkor - haqiqiy professional jamoa ekan»

«Bunyodkor»ning Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davomida jamoaga qo'shilgan kot-d'Ivuarlik hujumchi, vinger Muhammad Diallo o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jamoada meni juda iliq kutib olishdi. Futbolchilar ham, murabbiylar ham o'ziga yaqin olib munosabatda bo'lishmoqda. Ahamiyatlisi, o'yinchilar na rangimga va na raqobatchiligimga e'tibor qaratishgani yo'q. Bu erda faqat futbol haqida o'ylasharkan. Jamoaga kelib qo'shilgan kunim bosh murabbiy Vadim Abramov bilan suhbatlashganimdayoq shuni tushunib etdim. Murabbiydan tortib futbolchilargacha ishga jiddiy munosabatda bo'lar ekan.

Vadim Abramov mendan nima xohlayotganini tushundim. U ko'proq gol urishimni va jamoaga yordam berishimni istamoqda. O'rtoqlik uchrashuvida «Bunyodkor»ning o'yinini tahlil qilar ekanman, futbolchilar aql bilan futbol o'ynashiga amin bo'ldim. Yigitlar bir-birlari pas o'ynashni qoyillatishadi. Qolaversa, futbolchilarning texnikasi ham e'tirofga molik.

«Bunyodkor»ga kelishimdan avval jamoa haqida qiziqqandim, internet orqali ma'lumotlar to'plagandim, agentim ham klub to'g'risida gapirib bergandi. Kelib, jamoaga qo'shilib shunga amin bo'ldimki, «Bunyodkor» - haqiqiy professional jamoa ekan! Meni so'nggi jamoam Qatar klubi bo'lgan. Shunchaki, solishtirish uchun aytaman, u erda futbolchilar mashg'ulotga kelishadi va ketishadi. Bu erda o'yinchilar kasbiga juda jiddiy yondoshishiga guvoh bo'ldim. Qolaversa, futbolchilar yoshi kattami-kichkinami, hamma bir jamoa bo'lib yashar ekan. Bir-birlari bilan doimiy iliq munosabatda bo'larkan. Odatda klublarda yoshi kattalar va kichiklar alohida guruh bo'lib olishi tabiiy, ammo «Bunyodkor»da bunday holatni ko'rmadim. Faxriy futbolchi eng yosh bilan ham iliq munosabatda, u bilan bemalol ko'chaga chiqib, aylanib yura olishi mumkinligi guvohi bo'ldim.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida