Yangiliklar

«Bunyodkor»: Minskdagi to'qqizinchi kuni BATE mag'lub etildi

Bugun «Bunyodkor» Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini to'qqizinchi kunini o'tkazmoqda.

Xabar berganimizdek, yig'inning so'nggi uch kunida uchta nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Bugun tushga qadar rejalashtirilgan uch o'yining birinchisi bo'lib o'tdi. Belorus futbolining eng etakchi klubi – BATE o'rinbosarlariga qarshi bahs «Bunyodkor»ning ustunligida o'tdi. Ayniqsa, bellashuvning birinchi bo'limida futbolchilarimiz mezbonlardan har tomonlama ustunlik qilishdi. Biroq tanaffusga qadar maydon egalari darvozasi faqatgina bir marta ishg'ol qilindi.

Ikkinchi bo'lim avvalida bosh murabbiy Vadim Abramov maydonga bir yo'la 10 nafar yangi o'yinchini tushirdi. Mezbonlar ustozi birgina o'zgarish bilan kifoyalandi. Bu o'zgarishlar toshkentliklarning o'yiniga salbiy ta'sir qildi. Raqibning ketma-ket uyushtirgan hujumlari 61-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Himoyadagi pala-partishlikdan so'ng Dmitriy Bessmertniy hisobni tenglashtirdi. Ammo BATE yoshlarining xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. O'tkazib yuborilgan goldan ruhan «sinmagan» futbolchilarimiz ikki daqiqani ichida vaziyatni o'z tomonlariga og'dirishdi. Maydon egalari darvozasiga penalti belgilandi, nuqtaga yaqinlashgan Mirjahon Mirahmadov yana «Bunyodkor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan ruhlangan futbolchilarimiz uchrashuvning qolgan daqiqalarida o'yin nazoratini o'z qo'liga oldi va o'yin yakuniga Vyacheslav Dergachev darvozasi yana ikki marta ishg'ol qilindi va 1:4 hisobida g'alaba qozondik.

Bugungi uchrashuvda «Bunyodkor» safida rossiyalik futbolchi maydonga tushdi. Dmitriy Ostrovskiy Minsk yig'inida ko'rikda bo'ladi. Qolaversa, BATE o'rinbosarlari darvozasiga birinchi golni urgan Muhammad Dialloning taqdiriga ham Minsk yig'inidan so'ng oydinlik kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, ertaga «Bunyodkor» Toshkent vaqti bilan 17:00da Belorus chempionati oliy ligasi vakili «Dnyapro-MChZ»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

NAZORAT UChRAShUVI
BATE (o'rinbosarlar) – «BUNYoDKOR» - 1:4 (0:1)
18 iyul. Minsk. «Minsk» FK maydoni.
BATE: Vyacheslav Dergachev (Roman Tixomirov, 68), Dmitriy Bessmertniy (Danilo Laptin, 76), Nikita Supranovich (Vadim Martinkevich, 81), Maksim Myakish (Egor Osipov, 81), Pavel Pashevich, Vladislav Rusenchik (Roman Lisovskiy, 69), Aleksandr Nemirko (Maksim Gaevoy, 71), Evgeniy Guletskiy (Aleksey Shalashnikov, 62), Andrey Potapenko (Ivan Kaloshkin, 71), Dmitriy Matyash, Anton Abramovich (Vadim Pigas, 46).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Sanjar Qodirqulov, Anvar G'ofurov, Abdulla Abdullaev, Ulug'bek Abdullaev, Lutfulla To'raev, Sanjar Rixsiboev, Nurillo To'xtasinov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Muhammad Diallo.
Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Eldor Adhamov, Boburbek Farhodov, Islomjon Qobilov, Ulug'bek Abdullaev, Dmitriy Ostrovskiy, Muhammadodil Qahramonov, Javohir Qahramonov, Jasurbek Jaloliddinov, Vladislav Nuriev, Valeriy Akopov, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov.
Gollar: Muhammad Diallo, 11 - 0:1. Dmitriy Bessmertniy, 61 - 1:1. Mirjahon Mirahmadov, 63-penaltidan - 1:2. Boburbek Farhodov, 75 - 1:3. Mirjahon Mirahmadov, 81 - 1:4.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida