Yangiliklar

Rus futbolining yangi yulduzi bilan qiziqarli suhbat

Asli kelib chiqishi Qirg'izistonlik bo'lgan Ilzat Ahmetov zamonaviy Rus futbolining kelajagi deb hisoblanmoqda. Hozirda u Rossiya va MDX davlatlarida juda mashhur. Yosh bo'lishiga qaramasdan Rossiya va Qirg'iziston terma jamoalaridan chaqiruv olgan futbolchi Rossiya uchun to'p surishni tanlaganidan xabaringiz bor. Buguna aynan shu futbolchi bilan qiziqarli suhbatni e'tiboringizga taqdim etamiz

Kitob o'qishi haqida

To'g'ri, men kitob o'qishni juda xush ko'raman, biroq menda bu uchun doim ham vaqt topilavermaydi. Shunga qaramasdan shu kunlarda italiyalik futbolchi Andreya Pirloning o'zi haqida yozgan avtobiografiyasini o'qib chiqdim. Engil, o'qilishi tez va uni o'qib chiqdim. Buyuk yarim himoyachining bosib o'tgan yo'li bilan tanishib chiqdim. Menga shunday janrdagi kitoblar yoqadi. Mashxur insonlarning ichki kechinmalari haqida bilish, ularning katta hayotda bosib o'tgan yo'lidan nimadir o'rganish men uchun juda muhim. Hozirda «Omad sirlari» nomli kitobni mutolaa qilyapman.

Musiqa haqida

Asosan Rus va xorij estradasini tinglayman. Ba'zan esa rep yo'nalishidagi qo'shiqlar ham eshitib turaman. Umuman olganda, biz ko'pincha yo'lda bo'lganimiz tufayli har qanday uslubdagi musiqani tinglayveramiz (kuladi)

Yoqtirgan taomlari

Albatta milliy taomlarimizni hush ko'raman. Ular orasida qovoqli manti va palovni juda sevib iste'mol qilaman. Ha aytgancha, bizda lag'monni ham ajoyib tayyorlashadi. Afsuski, bu taomlar kuchli kaloriyaga ega bo'lgani uchun har doim ham tanovul qila olmayman. Fast – food borasida gapirmasam ham bo'ladi. O'zi bunday ovqatlarni o'zim ham hush ko'rmayman. Bir yilda bir marotaba esam ham katta gap. Bizda futbolchining ratsioni juda qattiq tekshiriladi.

Yoqtirgan futbolchisi haqida

So'zsiz Krishtiyanu Ronaldu! Bolaligimdan shu futbolchining muxlisiman. U mening kumirim hisoblanadi. Uning g'alabaga chanqoqligi va kurashuvchanligiga qoyil qolmasdan ilojim yo'q. Uning mehnatkashligi ko'pincha meni o'z ustimda ishlashga undaydi.

Uning Messi bilan nima farqi bor?

Ikkisi ham buyuk futbolchilar! Bu ikki futbolchi qayd etayotgan natijalarga boshqa futbolchilar yaqin orada etib olishlari ilojsiz.  Ular shunchaki o'zga sayyoralik! Mana 10 yildirki, bu ikki futbolchi top darajani saqlab turishibdi. Bejizga ular 5 tadan «oltin to'p»ni qo'lga kiritishmaganku! Ularda ikki xil o'yin uslubi hukmron. Menga shunchaki  Ronaldu yoqib qolgan. Futbol olamiga kirib kelganimdan beri uni kuzatib boraman. Undan nimadir olishga intilaman. To'g'ri, Messi bu Messi! Uning darajasiga chiqishning iloji yo'q, lekin Ronaldu bu mashina! Gol uruvchi mashina! Uning katta mehnatlari aynan futbol uchun sarf bo'lgan. Bunday mehnatsevarlik hurmatga loyiq.

Asab buzarliklar haqida

Hayotda juda sabrli insonman. Shunga qaramasdan meni hatto maydonda ham jaxlimni chiqarish mumkin. Agar kimdir maydonda bizga qarshi atayin qo'pol yoki iflos o'ynasa ko'pincha o'zimni tutib turishim qiyin.

Qaysi futbolchini terma jamoaga chaqirgan bo'larding?

Hm… Juda qiyin savol. Bu meni noqulay ahvolga soldi. To'g'risi, u mening yaqin do'stim.

Xorij chempionatlaridan qay birida o'zingni ko'ryapsan?

Men ko'ryapman deya olmayman, lekin bor kuchim bilan harakat qilaman. U mening asosiy orzularimdan biri.  Men kuchli 5 ta chempionatdan birida o'zimni sinab ko'rishni juda istayman. Umid qilamanki, tinimsiz mehnat meni top chempionatlarda o'ynovchi futbolchiga aylantira oladi. Oson bo'lmasada, buni uddalash uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida