Yangiliklar

MLS. «Los-Anjeles Gelaksi» – «Los-Andjeles» – 3:2. Zlatan xet-trikka erishdi (video)

AQSh milliy sokker ligasi (MLS) doirasida navbatdagi tur o'yini bo'lib o'tdi. Zlatan Ibrahimovich sharafini himoya qilayotgan «Los-Anjeles Gelaksi» o'z maydonida G'arbiy konferentsiya peshqadami — «Los-Anjeles»ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

E'tiborli tomoni, mezbonlarning uchala goliga shvetsiyalik futbolchi mualliflik qildi. U bugungi bahsda "ideal xet-trik" muallifiga aylandi. Ya'ni, Zlatan o'z to'plarini o'ng va chap oyoqlarda, hamda bosh bilan raqib darvozasiga kiritdi.

37 yoshli Ibrahimovich MLS'ning ushbu mavsumida 17ta o'yinda maydonga tushib, o'z gollarini 16taga etkazdi hamda to'purarlar poygasida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

To'purarlar ro'yxatini «Los-Anjeles» hujumchisi Karlos Vela 21ta gol bilan boshqarmoqda. U bugun "dubl"ga erishdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida