Yangiliklar

Shomurodovning goli «Rostov»ga g'alaba keltirdi (video)

Rossiya chempionatining 5-turi doirasida so'nggi o'yin bo'lib o'tdi. «Rostov» o'z maydonida «Krilya Sovetov»ni qabul qildi.

Bahsning 13-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Shomurodovning uzatmasidan keyin Ionov 15 metrlardan zarba berdi. Samaraliklar posboni to'pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida esa hisob ochildi. Ionov jamoadoshi bilan "devor" o'ynab, chap tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza maydoni atrofiga uzatma berdi. Eldor Shomurodov esa to'pni darvozaga burib qo'ydi. To'p ustunga tegib, to'rga borib tushdi.

Ikkinchi bo'lim esa asosan maydon markazidagi kurashlar ostida kechdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda "Rostov" darvozaboni Sergey Pesyakov jarimadan yo'llangan xavfli zarbani qaytarib, jamoasining g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

O'zbekistonlik futbolchi mazkur o'yinda boshlang'ich tarkibda tushib, hakamning final hushtagi yangragunga qadar maydonda harakat qildi. Shomurodovning ushbu mavsumdagi gollari soni 4taga etdi. U Artyom Dzyuba ("Zenit") va  Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov") bilan birga to'purarlar ro'yxatini boshqarmoqda.

Mazkur g'alabadan keyin "Rostov" o'z ochkolarini 11taga etkazib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

Rossiya premer-ligasi, 5-tur
Rostov – Krilya Sovetov 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 33 Eldor Shomurodov.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Dolgov, 90), Eremenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuev, 55), Popov, Normann, Shomurodov.
Krilya Sovetov – Ryjikov, Karpov, Chernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gatskan, Timofeev, Kabutov, Gynsar (Radonich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87).
Ogohlantirishlar: Chistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida