Yangiliklar

«Galatasaroy» skautlari Shomurodovni kuzatishmoqda

Rossiyalik sharhlovchi Nobel Arustamyanning ma'lumot tarqatishicha, Rossiya chempionatining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Rostov» va «Krilya Sovetov» jamoalari o'rtasidagi o'yinni (1:0) «Galatasaroy» skautlari kuzatishgan. Bu uchrashuvda yagona golni Eldor Shomurodov urishga muvaffaq bo'ldi.

«Hamkasblarim jonli efir paytida Rostovdagi o'yinni turkiyalik skautlar kuzatib borishayotganini aytishgan edi, ammo qaysi jamoa vakillari ekaniga oydinlik kiritishmadi. Qo'shimcha qilib aytishim mumkinki, «Galatasaroy» skautlari Sobolev va Shomurodovni kuzatishdi. Lekin ular hozircha o'zbekistonlik futbolchini xarid qila olishmaydi, boisi, uning narxi yuqori. Bundan tashqari, «Rostov»ning o'zi ham uni sotmaydi», – deya yozdi Arustamyan o'zining tvitterdagi sahifasida.

Rossiya chempionatining 5-turidan keyin Sobolev va Shomurodov 4ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarishmoqda. Transfermerkt Sobolevni – 1,2 million evro, Shomurodovni esa 1,5 million evroga baholagan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida