Yangiliklar

Shomurodov o'z golini 40 yil oldin halok bo'lgan «Paxtakor» futbolchilariga bag'ishladi

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Krilya Sovetov»ga qarshi o'yin (1:0) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Menga barcha gollarim yoqadi. Ayniqsa, sening golingdan keyin jamoang g'alaba qozonsa. Shu bois, «Krilya» darvozasiga urgan golim muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Gol bilan yakunlangan hujumda Ionov ajoyib harakat qilib, menga yaxshi uzatma berdi. Xorik Bayramyan ham to'pni o'tkazib yubordi va to'p menga kelayotganini ko'rib, unga oyoq qo'yishga ulgurdim. O'yinda gol urish men uchun muhim va prinitsipial ahamiyatga ega. Men hujumchiman va bu mening ishim.

Bugungi golimni «Paxtakor»ga bag'ishlayman (kuni kecha «Paxtakor» aviahalokatiga 40 yil to'ldi — Stadion.uz izohi)", — deya Shomurodovning so'zlaridan iqtibos keltirdi «Match TV».

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida