Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyada o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi

Kuzda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziluvchi “Chkalov Kubogi” musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida ham yana bir xalqaro turnirda qatnashadi. 4-8 sentyabr kunlari Indoneziyada 4 ta terma jamoa ishtirokida xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Unda g'oliblik uchun Indoneziya, Iroq, Xitoy Taypeyi hamda O'zbekiston terma jamoalari bahs olib borishadi.

Musobaqa tavqimi:

6 sentyabr
Iroq – O'zbekiston

7 sentyabr
Indoneziya – O'zbekiston

8 sentyabr
O'zbekiston – Xitoy Taypeyi

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida