Yangiliklar

Chim ustida xokkey bo'yicha terma jamoamiz Osiyo kubogini g'alaba bilan boshladi

Shu kunlarda Singapur chim ustida xokkey bo'yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. Mazkur turnir kelasi yili bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining final bosqichiga saralash vazifasini ham bajarib beradi.

Shu bois unda muvaffaqiyatli ishtirok etish har bir terma jamoaning bosh maqsadi bo'lib turibdi. Osiyo kubogiga munosib tayyorgarlik ko'rgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani g'alaba bilan boshladi. Gongkonglik raqiblariga qarshi bahs olib borgan qizlarimiz yirik 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ushbu Osiyo kubogida terma jamoamizdan tashqari Singapur, Gongkong, Xitoy Taipeyi, Shri-Lanka va Bangladesh jamoalari ham ishtirok etmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida