Yangiliklar

Ronaldu kelajakda «oltin to'p»ni kim qo'lga kiritishini aytdi

Rossiyaning «Futbol-Futbol» nashri Krishtiyanu Ronaldu tomonidan kelajakda «oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida bergan barcha intervyularini bir joyga jamlashga muvaffaq bo'ldi. To'g'ri, bu intervyular turli vaqtlarda berilgan bo'lsada, futbolchining muxlislarida katta qiziqish uyg'otishi aniq.

Eden Azar

Uning o'yin uslubi menga juda yoqadi. Eden tezkor va maydonni juda yaxshi ko'ra oladi. Uning APL singari kuchli chempionatda o'zini ko'rsata olgani unga bo'lgan xurmatimni oshirgan edi. U endilikda «Real Madrid» jamoasi futbolchisi. O'ylashimcha, men va Messidan so'ng, eng kuchli futbolchi nomi uchun kurashda Eden fovorit bo'lishi mumkin. Unda buning uchun barcha imkoniyatlar etarli.

Neymar

U juda buyuk futbolchi. Umid qilamanki, u jarohatidan forig' bo'ladi va yana safga qaytadi. Ochig'I Neymar men uchun begona emas, u bilan o'rtamizda do'stona aloqalar mavjud. Biz u bilan reklama roliklarida birga suratga tushdik va ancha yaqindan tanishib olishga muvaffaq bo'ldik. Unda birinchi raqamli bo'lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud biroq, imkoniyatlardan foydalanish uchun tinimsiz izlanish va mashg'ulotlar o'tkazish lozim.

Mbappe

Menga Mbappening o'yini manzur kelmoqda. Eng qizig'I shundaki, u hali 21 yoshga ham to'lgani yo'q, biroq butun dunyo uni taniganiga 3 yildan oshib ketdi. To'g'ri, unda «oltin to'p» sovrinini qo'lga kirtish imkoni juda kam biroq, Killian hali juda yosh va uning karierasi to'liq oldinda. Mbappe barchasiga ulguradi. Shaxsan men Men va Messidan so'ng, Mbappening davri boshlanishiga shubxa qilmayman. скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida