Yangiliklar

Rustam Assakalov Tokio-2020 Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Qozog'iston poytaxtida o'tayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni terma jamoamiz uchun omadli o'tmoqda.

Biroz avval yunon-rim kurashi bo'yicha -87 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan vakilimiz Rustam Assakalov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, yarim final ishtirokchilari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar. Vakilimiz jahon chempionatini panamalik kurashchi ustidan qozonilgan g'alaba bilan ishtirok bahslarni boshladi va shundan so'ng Turkiya, Rossiya va chorak finalda Kuba terma jamoasi vakillarini ham mag'lubiyatga uchratdi.

Hamyurtimiz endilikda final yo'llanmasi uchun vengriyalik Viktor Lorinsga qarshi gilamga chiqadi.

Eslatib o'tamiz, bu O'zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritilgan beshinchi yo'llanma bo'ldi. Ma'lumot uchun, Rustam Assakalov 2015 yili Las-Vegas mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida kumush medalni qo'lga kiritib Rio Olimpiadasiga yo'llanma olgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida