Yangiliklar

Andrey Shipilov: «G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi»

"Lokomotiv" - "Metallurg" o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

— Bizda FIFA kunlari munosabati bilan mazkur o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli bo'ldi. Raqibimizning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. Birinchi taymda to'p nazoratida yutqazdik. “Lokomotiv” o'yinni juda faol boshladi. Shunday bo'lishini bilgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik.

Bunday ajoyib maydonda futbolchilar bor mahoratlarini namoyish etishlari lozim. Taym oxirida himoyadagi biroz e'tiborsizligimiz oqibatida gol o'tkazib yubordik. Tanaffusda hech narsa boy berilmaganligini, vaziyatni o'nglash mumkinligini shogirdlarimga tushuntirdim. Mezbonlarning ba'zi o'rinlarda bo'sh o'ynayotganligini futbolchilarimizga uqtirdik.

Ikkinchi taymda tashabbusni to'liq qo'lga ola bildik deb o'ylayman. Javob golini kiritdik. Yana bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik. Qayd etilgan natija o'yinga mos bo'ldi, deb ayta olaman. Uchrashuv oxiri xavfli qarama qarshi hujumlar ostida o'tdi. Bizda jarima zarbasidan gol urish imkoniyati yuzaga keldi. Xuddi “Navbahor”ga qarshi o'yindagidek vaziyatdan foydalanganimizda ortga uch ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Lekin natijadan xafa emasmiz. Boisi kuzda har bir ochkoning qimmati oltinga teng bo'ladi. G'alabaga teng durangda bor kuch va mahoratlarini namoyish etgan barcha futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman va keyingi o'yinlarda ham bugungidek faol bo'lishlarini tilab qolaman. “Lokomotiv”ga esa bo'lg'usi o'yinlarda ham bugungidek chiroyli, hujumkor futbol namoyish etib, muxlislarini xursand etishini tilayman.

— Jamoalar birinchi davrada ham durang o'ynashgandi. Oldingi va bugungi o'yinlarni qiyoslab nimalar degan bo'lardingiz?
—  Birinchi davradagi o'yin kechagidek yodimda turibdi. Birinchi taymda “Lokomotiv” juda kuchli futbol namoyish etgandi. Ayniqsa, Jamshid Iskanderov, Husniddin G'ofurovlar yaqqol ajralib turishgandi. Bekoboddagi o'yinda ham ikkinchi taymda biz temiryo'lchilarga bosim o'tkaza olganmiz. Ammo o'sha uchrashuvda tomonlar tavakkal  qilishga jur'at eta olishmagan. Bugun esa tamomila boshqacha futbolning shohidi bo'ldik. “Lokomotiv”ning o'yin uslubi, dastxati o'zgargan. Biz esa ko'rdingiz, qo'l qovushtirib o'tirmadik. Bugungi o'yinimiz uchun muxlislar bizni koyishmasa kerak. Taktik jihatdan ham, jismoniy holat bo'yicha ham mezbonlarga yutqazmadik. Murabbiylar shtabining mehnatlari o'z mevasini berganligidan esa mamnunman.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida