Yangiliklar

Yunon-rum kurashi bo'yicha JCh. Aram Vardanyan terma jamoamizga ilk medalni taqdim qildi

Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Biroz avval ikki nafar vakilimiz medal uchun kurashda ishtirok etdi.

Dastlab -72 kilogramm vazn toifasida Aram Vardanyan oltin medal uchun rossiyalik Abuzaid Mantsigovga qarshi bahs olib bordi. Tajriba bobida ustun bo'lgan Mantsigov bellashuvni o'z foydasiga hal qildi va vakilimiz kumush medal bilan taqdirlandi. Ta'kidlash joiz, bu terma jamoamizning mazkur jahon chempionatidagi dastlabki medali bo'ldi.

Shundan so'ng -82 kilogramm vazn toifasida Nurbek Hoshimbekov ham bronza medali uchun kurashda ishtirok etdi. Xitoylik Xaitao Tsian bilan kechgan bahs 4:4 hisobida yakunlandi. So'nggi ballni Chin o'lkasi qo'lga kiritgani uchun qoidaga ko'ra g'alaba Tsianga nasib etdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida