Yangiliklar

Vadim Abramov: «Qo'qonliklar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi»

Superliga 19-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Bunyodkor” ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

-  O'yin biz uchun omadsiz boshlandi. Kutilmaganda tezkor gol o'tkazib yubordik. Birinchi bo'limning qolgan qismida vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Qo'qonliklar ikkinchi bo'limda yuqori saviyada o'tkazishdi.  Futbolchilarim ikkkinchi golni ham tushunarsiz xolatda o'tkazib yuborishdi. Uchinchi gol esa penaltidan kiritildi, u vaziyatni yozuvini ko'rsam biron fikr bildirishim mumkin. Negadir, shogirdlarim bugungi o'yinga tayyor emasdek tuyulishdi.  Ularni tanimay qoldim. Qo'qonliklar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi.

Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati yuqori deb o'ylayman. Birinchi o'yindan keyin xulosa chiqarishga erta.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida