Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: «Bugungi g'alaba Qo'qondagi bayramga hamoxang bo'ldi»

Superliga 19-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

— Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Qo'qonda “Xalqaro hunarmandchilik festivali” bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. Bugungi g'alaba Qo'qondagi bayramga hamoxang bo'ldi. Tezkor gol bizga ham yordam berdi, ham zararimizga ishladi. Hisobni ochgach, biroz xotirjamlikka berildik. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz yana shiddatni oshirib raqibni yirik hisobda mag'lub etishdi.

Bir necha oydan beri Timur Kapadze o'zining maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlarida hissa qo'shmoqda. U kishi O'FAdagi ishlaridan bo'sh vaqtlarida o'z yordamlarini berib kelyapti, buning uchun Temur akaga rahmat aytaman.

Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib tashabbusni raqibga berib qo'ygandek bo'ldik. Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Qarshi hujumdan samarali foydalanishni aytdik. Ular ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi.

Avazxon Mamatxo'jaev o'z imkoniyatlaridan hali beshdan birini ham ko'rsatgani yo'q. Uning potentsiali juda yuqori. Biz agar Avazxondan to'g'ri foydalansak kelajakda terma jamoamizga ham yordam beradigan futbolchi bo'ladi.

Otabek Haydarov birinchi davrani Qirg'izistonda o'tkazdi. Uning imkoniyatlarini mendan yaxshi biladigan mutaxassis bo'lmasa kerak. Unga biroz omad va vaziyatlarda sovuqqonlik etishmayapti. Birinchi golini urib olgach, o'yini kuchayib ketishiga ishonchim komil. Otabekka hozir muxlislarimizning ruhiy daldalari juda zarur.

“Qo'qon-1912” jamoasini uy jamoasi deyish noto'g'ri bo'lsa kerak. Sababi biz safarda ikkita g'alaba qozondik. Ikkita durang o'ynadik. Tan olish lozim, o'z maydonimizda g'alaba qozonishning gashti boshqacha.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida