Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: «Alamli mag'lubiyatga uchradik»

O'zbekiston Superligasi 19-turidan o'rin olgan “Navbahor” hamda “Paxtakor” o'yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi.

–Yutqazdik. “Paxtakor”ni g'alaba bilan tabriklayman. Ularni chempionlik bilan ham tabriklasak bo'laveradi. Afsus jarohatlar sababli Toshkentda o'ynagan 5 nafar futbolchilar bugun o'ynay olishmadi. Bir futbolchini almashtirsa bo'ladi, lekin 5ta bu ko'p. Bugun raqibni g'alaba qozonishini istamagan edik. Alamli mag'lubiyatga uchradik.

Bugungi kunda jamoa jismonan va ruhiy tomondan “chuqurlikda”. Biroq  yigitlarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Raqibda bizda yo'q, kuchli zaxira bor.

Mavsum yakuniga 7ta o'yin qoldi. 7ta o'yinda 21 ochko olishga harakat qilamiz. Ishlashda davom etamiz va chuqurlikdan chiqishga harakat qilamiz.

Qaytaraman jamoa chuqur jarlikda. Lelin “O'qing, o'qing, o'qing va o'qing” degan bo'lsa, biz “ishlang, ishlang, ishlang” deymiz. Ishlashda davom jtishimiz kerak.

Muxlislar mendan o'zgartirish so'rashdi. Ammo men kimni maydonga tushirishim kerak edi? Bizda yarim jamoa tayyor bo'ladi yarimi yuq. Ammo futbolni 11 kishi o'ynaydi.

Jamoadan ketganimdan so'ng O'zbekistonning o'zidan ham bir qator takliflar bo'ldi. Ammo hokim bilan gaplashdim va jamoaga qaytishg va'da bergandim. Hokim jamoa uchun ko'p qayg'uradi.

Kimsan “Paxtakor”ga golni tayyor sovg'a qilib berdik. Yosh bolalarcha xato qilindi. Oltin ochkoni olishga harakat qilgandik. Biroq mag'lub bo'ldik.

Hakamlar haqida.

Menimcha, bugun hakamlar ko'p xatoga yo'l qo'yishmadi. Misol uchun “Andijon” bilan o'yinda esa hakamlar ko'plab xatolarga yo'l qo'yishgandi. Hakamlarga e'tirozim yuq.

Men ketganimdan keyin bir qator futbolchilarni qo'yib yuborishgan. Nima uchun bunday qilingan bilmadim. Yil so'nggida jamoaning ko'plab futbolchilari bilan xayrlashamiz. Oldingi murabbiyning o'z qarashlari bor, mening o'z qarashlarim”,  -deya Kanchelskis so'zlarini keltirmoqda Stadion.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida