Yangiliklar

Ekaterinburg-2019. Bugun ikki nafar bokschimiz jang qiladi

Rossiyada davom etayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida bugun 2 vazn toifasida 1/16 final janglari bo'lib o'tsa, ikki vazn toifasida 1/8 final janglari boshlanadi.

69 kg. vaznda JChga yo'l olgan Bobousmon Baturov bugun turnirda ilk marta ringga ko'tariladi. Hamyurtimiz argentinalik Agustin Arregui bilan jang qiladi.

75 kg. vaznli Fanat Qahramonov esa JChda uchinchi jangini o'tkazadi. Vatandoshimiz bugun braziliyalik Ebert Konsesaoni mag'lub etsa, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Jahon chempionatida hali biror marta jang o'tkazmagan yangi bir bokschimiz bor. Eng og'ir vaznli sportchimiz Bahodir Jalolov o'z ishtirokini nimchorak finaldan boshlaydi. Hamyurtimiz Ukraina va Eron vakili o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.

16 sentyabr kuni jang qiladigan o'zbekistonlik bokschilar

-69 kg: Bobousmon Baturov - Agustin Arregui (Argentina) (B ring, 15:00 da boshlanadi)

-75 kg: Fanat Qahramonov - Ebert Konsesao (Braziliya) (A ring, taxminan 19:30 da boshlanadi)

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida