Yangiliklar

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Toshkentga etib keldi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O'zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

Biroz oldin martabali mehmon yurtimizga etib keldi. Qit'a futbol uyushmasi rahbarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldilar.  

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'zaro ishonch va munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu tashrif davomida Shayx Salmon yurtimiz futbolidagi islohotlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida