Yangiliklar

Superliga. «Paxtakor» keyingi turda chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin

Chempionat yakunlanishiga 6 tur qolganida "Paxtakor" chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

Hozirda Arveladze jamoasi yaqin ta'qibchisi "Lokomotiv"dan 17 ochko oldinda boryapti va mavsum tugashiga 7ta tur o'yinlari qoldi. Navbatdagi turda paxtakorchilar Bekobodda "Metallurg" bilan, "Lokomotiv" esa safarda "Qo'qon-1912" bilan to'qnash keladi. Bu o'yinda "Paxtakor" g'alaba qozonib, "temiryo'lchilar" ochko yo'qotsa, "sherlar" muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritishadi.

"Loko" Qo'qon shahrida durang o'ynasa ham, oradagi farq 19 ochkoga etadi. Natijada chempionat tugashiga 6 tur qolganida "Lokomotiv" peshqadamga etib olish imkoniyatini to'liq yo'qotadi.

Superliga, 20-tur o'yinlari
20 sentyabr, juma
DINAMO — ANDIJON
SURXON — AGMK
NASAF — BUXORO
21 sentyabr, shanba
QO'QON-1912 — LOKOMOTIV
METALLURG — PAXTAKOR
BUNYoDKOR — QIZILQUM
SO'G'DIYoNA — NAVBAHOR

Jamoa O'  G'  D   M  T-NOchko
1 Paxtakor 19 17 2 0 59-11 53
2 Lokomotiv 19 10 6 3 30-14 36
3 Bunyodkor 19 9 4 6 26-23 31
4 So'g'diyona 19 9 4 6 22-22 31
5 Nasaf 19 8 4 7 25-17 28
6 Surxon 19 8 4 7 21-24 28
7 Navbahor 19 6 7 6 22-18 25
8 Metallurg 19 6 6 7 21-20 24
9 Qo'qon-1912 19 5 5 9 23-34 20
10 AGMK 19 5 4 10 23-30 19
11 Dinamo 19 4 6 9 20-31 18
12 Qizilqum 19 4 6 9 17-37 18
13 Andijon 19 3 8 8 17-27 17
14 Buxoro 19 3 6 10 12-30 15

 

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida