Yangiliklar

3 nafar parasuzuvchimiz Tokio-2020 yo'llanmasiga ega bo'ldi

Avval xabar berganimizdek 9-15 sentyabr kunlari London shahrida parasuzish bo'yicha navbatdagi jahon chempionati o'tkazildi.

Kecha musobaqaning so'nggi kun bahslari bo'lib o'tdi. Jumladan, 50 metrga erkin usulda suzish bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Aniqrog'i, ushbu masofaga suzishda Islom Aslanov ikkinchi, Muzaffar Tursunxo'jaev esa uchinchi natijani qayd etdi va ular mos ravishda kumush hamda bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8ta medalga ega chiqdi. Shu tariqa parasuzuvchilarimiz 60 ta davlatdan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu jahon chempionatida umumjamoa hisobida 20-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Yana bir quvonarli jihati, Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining qaroriga ko'ra ushbu jahon chempionatida 1- va 2- o'rinni egallagan sportchilar kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lishdi. Aniqroq aytganda, Shoxsanam Toshpo'latova, Islom Aslanov hamda Firdavs Musabekovlar Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Qolgan sportchilarimiz esa bu yo'lda muhim reyting ochkolariga ega bo'lishdi.

Bizning qahramonlarimiz London-Istanbul-Toshkent yo'nalishi bilan 17 sentyabr kuni erta tongda yurtimizga qaytib kelishadi.

Quyida parasuzish bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionati sovrindorlari bilan tanishib olishingiz mumkin:

Shoxsanam Toshpo'latova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;

Islom Aslanov – 3 ta kumush;

Firdavs Musabekov – 1 ta kumush

Nigora Mirzoxidova – 1 ta bronza

Muzaffar Tursunxo'jaev – 1 ta bronza

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida