Yangiliklar

Oksana Chusovitinaning saltosiga butun Parij qarsak chaldi

Frantsiyaning Parij shahrida sport gimnastikasi bo'yicha navbatdagi yirik xalqaro musobaqa o'z yakuniga etdi. Kelasi oy Shtutgartda bo'lib o'tadigan jahon chempionatidan avval o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib bergan mazkur musobaqada 44 yoshli Oksana Chusovitina o'zining ajoyib ishtiroki bilan barchani lol qoldirdi.

O'zining sevimli tayanib sakrash yo'nalishida qatnashgan Oksana finalda 14.300 ball bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Kumush va bronza medallari Vengriya hamda Chili terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Chusovitina bilan elkama-elka xalqaro musobaqalar havosini olib kelayotgan yosh vakilimiz Indira O'lmasova mazkur musobaqada sakkizinchi natijani qayd etdi.

Sport gimnastikasi. Parij.
Tayanib sakrash
1. Oksana Chusovitina (O'zbekiston) – 14.300
2. Sara Peter (Vengriya) – 13.900
3. Francheska Santi (Chili) – 13.750 . . .
8. Indira O'lmasova (O'zbekiston) – 12.325

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida