Yangiliklar

Triatlonchilarimizni ikkita muhim start kutib turibdi

Triatlon bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni boshladi. Ushbu oy vakillarimizni bir qator muhim startlar kutib turibdi. Jumladan, terma jamoamiz a'zolari 26-27 sentyabr kunlari Iordaniyaning Aqaba shahrida o'tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadilar. Shundan so'ng vakillarimizni Samarqandda 29 sentyabrda o'tadigan O'zbekiston kubogining final bosqichi kutib turibdi.

Mazkur musobaqalar murabbiylarimiz uchun, avvalo, terma jamoaning asosiy tarkibini saralab olish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, yoshlar va zahira tarkibni shakllantirib olish uchun ham asosiy start bo'lib xizmat qiladi.

Terma jamoamiz vakillari ushbu mas'uliyatli musobaqalarga Frantsiyada tayyorgarlik ko'rishdi. Font-Romeu shahrida 15 avgustdan 8 sentyabrga qadar o'tgan yig'in sportchilarimizning jismoniy tayyorgarliklari uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida