Yangiliklar

Mourinoning keyingi ish joyi Bundesliga bo'lishi mumkin

"Benazir" nemis tilini o'rganayotganini tan oldi.

Shu kunlarda "erkin ijodkor" vazifasini bajarayotgan Joze Mourino ayni paytda nemis tilini o'rganayotganini aytib o'tdi. 

"Nemischani o'rganyapman. Nega aynan shu tilni deb so'rasangiz, aytishim mumkinki, meni to'satdan Germaniyaga ishga taklif qilishlari yoki Chempionlar ligasida birorta nemis klubi bilan uchrashib qolishim mumkin. Shu kungacha beshta tilda gapirishni o'rganib olganman."

Ta'kidlash joizki, Joze Mourino dekabr oyida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ozod etilgan edi. Shundan so'ng portugalik mutaxassis televidenieda ekspert sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.

Oldinroq Mourinoning "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida