Yangiliklar

Aleksandr Kasyan: Gol uraman degan umiddaman

"Navbahor" jamoasi Cuperliga 20-turi doirasidan o'rin olgan bahsda Jizzaxda “So'g'diyona” klubi mehmoni bo'ladi. Bellashuv oldidan mehmonlarning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kasyan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bo'lajak o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va maydonga g'alaba ishtiyoqida tushamiz. Albatta, “So'g'diyona” ham o'z maydonida zafar quchish uchun harakat qiladi. Shuning uchun ushbu bahsning keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori.

Jamoamiz 2-davrada muxlislar kutgan o'yin namoyish etolmayapti. Shuningdek, men ham to'p kiritolmayapman. Jizzaxdagi uchrashuvda gol urish, jamoamizning yutug'iga munosib hissa qo'shish uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman. Bo'lajak o'yinda g'alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashamiz, degan umiddaman, - dedi hujumchi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida