Yangiliklar

Zidan: «Menga nisbatan shubhalanishni boshlashsa, «Real»dan ketaman»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 5-turidan o'rin olgan «Sevilya»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Og'ir maydonda o'ynashimizga to'g'ri kelardi. Raqib — La liga jadvali etakchisi va haqiqatan yaxshi o'ynaydi. Biz o'yinga tayyormiz.

Klubda qolishni istaymanmi? Ha, albatta. Futbol tashqarisida nimalar sodir bo'layotgani meni qiziqtirmaydi. O'zimdagi kuchni his qilyapman va hech qachon taslim bo'lmayman. Klubda uzoqroq qolish imkoniyatiga ega bo'lish uchun so'nggi daqiqagacha ishlayman.

Mening ishimga nisbatan shubha bildirishyapti, deb o'ylamayman. Hattoki aksincha. Lekin bir kun kelib menga nisbatan shubhalar paydo bo'lganini sezsam, u holda ketishim kerak bo'ladi.

Mourino? Odamlar uning familiyasini aytayotgani meni qiziqtirmaydi. Bor gap shu», – dedi Zidan.

"Real" ushbu mavsumda 4ta turdan keyin 8 ochko bilan jadvalda 4-o'rinda bormoqda. Jamoa Evropa chempionlar ligasining dastlabki turida "PSJ"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, «Madrid»ning ba'zi etakchi futbolchilarida Zidanga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'lgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida