Yangiliklar

Ekaterinburg-2019. Shahobiddin Zoirov — jahon chempioni!

Rio-2019 olimpiya o'yinlari g'olibi Shahobiddin Zoirov o'z hisobiga dastlabki jahon chempionligini yozib qo'ydi.

52 kg. vazndagi o'zbekistonlik sportchi finalda hindistonlik Amit Pangalga qarshi ringga ko'tarildi. Buxorolik bokschi noqulay raqib hisoblangan sportchiga qarshi aniq taktika asosida jang olib bordi. Bokschilar ochiq jangga kirishishmadi. Shahobiddin Amitni o'ziga yaqinlashishga yo'l qo'ymadi va ko'proq zarba berishga harakat qildi.

Jang yakunida hakamlarning baholari e'lon qilinmagunga qadar kim g'olib chiqqanini taxmin qilish qiyin edi. Hakamlar esa Zoirovning g'alabasini e'tirof etishdi — 5:0 (29:28, 29:28, 29:28, 30:27, 30:27).

Shu tariqa, eng engil vazndagi bokschimiz Ekaterinburgdagi jahon chempionatida O'zbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni keltirdi.

G'alaba muborak! Yana 3 nafar o'zbekistonlik bokschi ishtirokida final janglari kutib turibdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida