Yangiliklar

Shota Arveladze: «Hali mehnat qilishda davom etamiz»

“Paxtakor”  bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga-2019 chempioniga aylangach quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Chempionlikka erishganimizdan juda xursandmiz. Bu bizga ko'proq ishtiyoq berishi kerak. Hali kubok bahslarida g'alaba qozonishga intilishimiz kerak.  Muvaffaqiyatda klubda mehnat qilayotgan barchaning, muxlislarimizning katta hissasi bor. Ikki yil davomida katta hajmda ishlar bajarildi.  Bu biz uchun boshlang'ich nuqtaga aylanishi lozim. Hali mehnat qilishda davom etamiz. O'zaro tushunishni yaxshi darajaga olib chiqdik”, -deydi Shota Arveladze.

Eslatib o'tamiz, “Paxtakor” Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Metallurg”ga qarshi bahsda g'alaba qozonib, muddatdan oldin chempionga aylandi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida