Yangiliklar

O'tgan mavsumda eng ko'p daromad olgan futbolchi kim?

Hozirda futbol chinakam biznesga aylanib ketganidan xabaringiz bor. Bundan 20 yil muqaddam futbolchilarning maoshi ko'rimsizgina bo'lsa, hozir ularning daromadlari yangidan-yangi rekordlarni o'rnatmoqda. Xo'sh o'tgan mavsum hisob-kitoblari bo'yicha futbolchilar orasida eng ko'p daromad olgan futbolchi kim? Taniqli «sport 24» nashri bergan ma'lumotlarga tayangan xolda ushbu savolga javob izlashga urunib ko'ramiz.

Pol Pogba – 29,5 million evro


«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi o'tgan mavsumda u qadar ko'zga tashlanmagan bo'lsada, daromad borasida o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi.homiylar orqali 4,5 million evro ishlab olgan qahramonimiz, bir yilda 25 million evro maosh oldi va umumiy hisobda 29,5 million evro natija bilan 5-o'rindan  joy oldi. EChLda to'p surmaydigan futbolchi uchun ajoyib ko'rsatgich.

Garet Beyl – 34,6 million evro



«Real Madrid» jamoasining yangi etakchisi uchun o'tgan mavsum daromad borasida sustroq o'tdi. «Qirollik klubi»ning omadsiz o'yinlari futbolchining reklama roliklaridagi ishtirokini keskin pasaytirib yuborgani bois, Beyl 6 million evro bilan cheklanishga majbur bo'ldi. Shunday bo'lsada, uning yiliga 28,6 million evro daromad olib keluvchi shartnomasi mavjud va aynan ushbu shartnoma tufayli qahramonimiz 4-o'rindan muqim joy olmoqda. Beyl "Adidas" va "Gillette" kompaniyalari bilan shartnomani uzaytirmasa, keying mavsum so'ngida uning daromadi yanada kamayib ketishi mumkin.

Neymar – 90 million evro



Braziliyalik futbolchi «Nike», «Red Bull», «McDonald's», «Gillette» singari kompaniyalarning reclama yuzi sanaladi va ushbu xizmati evaziga o'tgan mavsumda 17 million evro pul ishlab olishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, u PSJ klubida yiliga 73 million evro ishlab topishga muvafffaq bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi. Qahramonimiz umumiy hisobda 90 million evro ishlab topgan bo'lsada, o'zidan avvalgi ikkita sportchidan sezilarli darajda ortda qolmoqda.

Krishtiyanu Ronaldu – 108 million evro



Portugaliyalik futbolchi homiylar bilan ishlash borasida chinakamiga professional hisoblanadi. Deyarli yur yuzidagi barcha sportchilar uning homiylariga havas bilan qarashlari aniq. Ronaldu o'tgan mavsumda «Nike», «Herbalaif», «EA sports», «Slear», «Amerikan Tourist» singari katta savdo brendlarining mahsulotlarini reklama qilishda ishtirok etdi va buning ortida 47 million evro ishlab topishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek uning maoshi va bonus pullari 61 milliondan oshib ketgani tahsinga sazovar. «Yuventus» klubi futbolchisi qanchalar urunmasin daromad borasida o'zining azaliy raqibi Leo Messidan «atigi» 3 million evroga ortda qolib ketdi.

Leo Messi



Darhaqiqat, Argentinalik futbolchi pul topishni biladi. O'tgan mavsumdagi omadsizliklarga qaramasdan Messi o'zining "eng daromadli futbolchi" nomini salqab qolishga muvaffaq bo'ldi. Eng qizig'I shundaki, Messi istasa, uning daromadi yanada ortishi mumkin. Ko'plab ulkan kompaniylar u bilan birga hamkorlik qilish istagida, biroq Messi ko'proq oila davrasida bo'lishni xush ko'radi. Argentinalik fubolchi homiylar ortidan ishlab olgan 27 million evroni va uning bir yillik maoshi va qo'shimcha bonus daromadlar bilan birgalikda hisoblasak, 111 million evroni tashkil etmoqda. Istalgan sport turi vakilli uchun havas qilsa, arzigulik raqamlar.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida