Yangiliklar

Raboning onasi «Barselona» bilan aloqaga chiqdi

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Rabo jamoani tark etish haqida o'ylay boshladi. Frantsiyalik futbolchi va uning onasi Veronik "keksa sinora" safidagi o'yin amaliyotidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu bois, 24 yoshli futbolchi Turinni tark etishi mumkin.

Ispaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Rabo faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan variantlardan biri sifatida "Barselona" qaralmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchining onasi "ko'k-anorranglilar" rahbariyati bilan aloqaga chiqdi.

Avvalroq Raboning "Barselona"ga o'tishi kutilgandi. Tomonlar bu borada kelishuvga erishishgandi. Biroq o'yinchining onasi kataloniyaliklardan taklif qilingan maoshdan ko'prog'ini talab qilishi natijasida "ko'k-anorranglilar" Adrian bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qilishgan edi.

Rabo yozgi transfer paytida erkin agent sifatida "Yuventus" safiga qo'shildi. Italiya chempionatining ushbu mavsumida u 4ta o'yinda maydonga tushdi. Uning taxminiy narxi 35 million evroga baholangan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida