Yangiliklar

Bugun O'zbekiston – Yaman o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqich 3-turi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Bugun, 9 oktyabr kuni mazkur o'yin oldidan matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulotlar bo'lib o'tadi. Dastavval, soat 16:30da Yaman terma jamoasi ustozi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Yaman terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

So'ngra soat 17:30da “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov jurnalistlarning o'yin oldi savollariga javob qaytaradi. Milliy jamoamizning rasmiy mashg'uloti esa soat 18:00da bo'lib o'tadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini mazkur uchrashuv va uning o'yinoldi tadbirlarini yoritishga taklif etamiz.

Ta'kidlash joiz, o'yin oldi matbuot anjumanidan so'ng milliy terma jamoamizning JCh-2022 saralashi doirasidagi o'yinlarini bevosita stadiondan yoritish maqsadida akkreditatsiya uchun hujjat topshirgan OAV vakillariga maxsus akkreditatsiya kartochkalari tarqatiladi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida