Yangiliklar

Evropalik mutaxassis sportchilarimiz uchun seminar o'tkazadi

Sentyabr oyining ilk kunlarida Avstriyada akademik eshkak eshish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon chempionati o'tkazildi. Afsuski, terma jamoamiz vakillari ushbu musobaqada omadsizlikka uchrab, litsenziya qo'lga kirita olmagan edilar. Endi vakillarimiz oldida kelasi yil Osiyo qit'asi uchun o'tkaziladigan kvalifikatsion musobaqa qoldi xolos.

Vaziyat sportchilarimizni ushbu musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Milliy olimpiya qo'mitasining tashabbusi bilan ertadan akademik eshkak eshish bo'yicha terma jamoamiz a'zolari uchun seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminar slovakiyalik mutaxassis Yansha Milosh tomonidan o'tkaziladi. 3 kun davom etadigan mazkur kurs atletlarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklarini yaxshilash bo'yicha tashkil etiladi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida