Yangiliklar

Faylasuf yoki murabbiy?

Futbol olamida o'zining noodatiy ko'rinishi va golni jamoa bilan nishonloshi bilan qolgan murabbiylardan ajralib turuvchi Yurgen Klopp tomonidan aytilgan so'zlarning deyarli barchasi iqtiboslarga aylanib ketishidan xabaringiz bor. Bugun aynni damda sayyoramizning eng kuchli murabbiyi tomonidan yangragan eng mashxur iqtiboslarni yodga olamiz.

***

Motivatsiya haqidagi bir kitobda qiziq voqeyani o'qib qoldim. Suzish bo'yicha jahon chempionatiga tayyorlanoytgan bir qizni ruhlantirish maqsadida unga «tezroq suz, ortingdan nahang baliq quvib kelyapti»,-  deb  deyarli 5 oy davomida bosim o'tkvazishadi. Darhaqiqat ushbu mashg'ulotlardan so'ng, suzuvchi qiz jahon chempionatida barchani hayratga solgan ekan...

Gap shundaki, u 200 metrga suzish bahslarida 50 metrdan so'n, suvdan chiqib qo'rqqanidan to'g'ri kiyinish xonasiga chopib ketgan ekan. Darhaqiqat, motivatsiya borasida ham oshirib yubormaslik talab etiladi.

***
Bilaman, bugun «Barselona»ni yirik hisobda engishning iloji yo'q, biroq ularga qarshi sizlar o'ynayapsizlarmi, demak bizda imkoniyat mavjud. Maydonga chiqing va shunday to'p suring-ki, yillar o'tib bugungi uchrashuvni tomosha qilganingizda etlaringiz jimirlab ketsin

***

Biz deyarli 20 yildan beri «Bavariya»ni mehmonda mag'lubiyatga uchratmagan edik. Yigitlarni ruhlantirish uchun nima deyish borasida juda uzoq o'yladim. Keyin ularni bir joyga jamladim va Rokki Balboa haqida uzoq so'zladim. Bunday qarasam, futbolchilarning ko'zlari bo'm-bo'sh. Keyin bilsam, ulardan faqat 2  tasigina bu filmni tomosha qilgan ekan.

***

Biz EChL nimchorak finalidagi g'alabani nishonlab o'tirganimizda, xonaga klub bosh menendjeri kirib keldi. Uning kayfiyatidan sovuq ufurib turar edi. Biz jim bo'lib qoldik. U engil uf tortdida Gyottse «Bavariya»ga o'tayotganini ma'lum qildi. To'g'risi, bayram o'sha soniyadayoq o'z yakuniga etdi. O'sha kech ayolim bilan kinoga tushmoqchi edik, biroq mening avzoyib buzuqligi sababli barchasi bekor qilindi. Mario Gvardiolaga yoqqani bois, jamoani tark etdi. Agar bu voqeyada aybdor bo'lsa, u menman. Gap shundaki, mening bo'yim baland va ispancha so'zlashni bilmayman.

***
Bir kuni menga «Bavariya» klubi direktori qo'ng'iroq qildi va uchrashuv taklif qildi. Men esa, onam ruhsat bersalar boraman deb javob qaytardim. To'g'risi, «Bavariya» xitoyliklarga o'xshaydi. Ular doimmo birovlarning g'oyalarini og'irlash payida bo'lishadi. Bundan tashqari, ularda pul  va kuchli futbolchilar juda ko'p. «Borussiya» kamondan o'q uzayotgan merganga o'xshaydi. Agar biz yaxshilab mo'ljalga olsak, raqibni mag'lub etamiz. «Bavariya» esa, qo'lida katta miltig'I bor askarga o'xshaydi. Aynan shu sababli, ular bizdan ko'ra ko'proq nishonga urishadi.

***

Dunyodagi eng kuchli futbolchilar deganda mening ko'z oldimga klub uchun o'zini qurbon qiladiganlar ko'z oldimga keladi. Men doimmo o'z shogirdlarimni eng kuchli bo'lishlari uchun qo'limdan kelganicha harkat qilaman. Agar ular eng kuchli futbolchilarga aylanishsa, men ertami-kechmi dunyodagi eng kuchli murabbiy sifatida tan olinishimga Shubham yo'q. Egoist bo'lish juda oson, lekin jamoa uchn harakat qilish ikki barobar mashaqqatli. Shunday bo'lsada, uning samarasini albatta ko'rasiz.

***
Bizning bosh shifokorimiz «Manchester Siti»da ishlagan bo'lsada, EChLda g'alaba qozonishni istagani uchun klubini «Liverpul»ga almashtirdi. Bu abatta, hazil. Men kecha Gvardiolaga qo'ng'iroq qildim. U bilan yangi mavsumda bir-birimizni dodimizni berishga kelishib oldik.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida