Yangiliklar

Futbolni juda kech boshlagan futbolchilar

Hozirda klublar o'z akademiyasiga futbolchilarni juda erta qabul qilishiga barchamiz ko'nikib qolganmiz. Futbolchi bo'lishni istagan bolakaylar ushbu sport turi bilan jiddiy shug'ullanishlari talab etiladi. Ana shundagina ular futbolning sir-asrorlarini to'liq o'rganishlari mumkin. Shunday bo'lsada, katta futbolga juda kech kirib kelgan kuchli futbolchilar ham yo'q emas. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so'z boradi.

Piter Shmeyhel



2 bor dunyoning eng kuchli posponi,  Evropa chempioni, EChL g'olibi sanaladigan qahramonimiz katta futbolga 22 yoshida kirib kelganiga ishonish qiyin.

Qizig'I shundaki, Piter avvaliga hujumchi sifatida o'z faoliyatini boshlaydi va ilk mavsumi so'ngida o'z pozitsiyasini 180 gradusga o'zgartirib yuboradi. Bolaligidan qo'lto'pi bilan jiddiy shug'ulangan daniyalik pospon futbolchi bo'lishni o'ylab ham ko'rmagan bo'lsa, ajab emas. 18 yoshida savdo menendjeri yordamchisi sifati faoliyatini boshlagan qahramonimizning 22 yoshida ishdan bo'shatiladi. Bo'sh qolgan Kasper o'zini 3-dvizion vakili «Xvidoorve» klubida sinab ko'rishga qaror qiladi. Keyinchalik uni «Brondby» klubi skautlari payqab qolishadi. Qahramonimiz o'z o'yinlari bilan «Manchester Yunayted» klubi e'tiboriga tushadi va uning hayotidagi g'alabali onlar boshlanadi.

Yan Koller



O'zining baland bo'yi bilan barchaning yodida qolgan chexiyalik hujuchi ham o'z futbolchilik faoliyatini juda kech boshlagan. 19 yoshida  Chexiya chempionatining quyi ligasidagi klublardan birida ko'rikdan o'ta olmagan qahramonimiz xarbiy xizmatni o'tashga qaror qiladi. Futboldan sovugan va o'z kuchiga bo'lgan eng so'nggi ishonchni yo'qotgan yigitcha 21 yoshida yana bir bor o'zini futbolda sinab ko'rmoqchi bo'ladi va Chexiyadagi havaskor klublardan birida o'z faoliyatini boshlaydi. Maydonda qolganlarda yaqqol ajralib turuvchi hujumchining o'yinlarini kuzatib yurgan chexiyalik mashxur skaut Lyudomir Pavik uniKoller Chexiyadagi eng nomdor klublardan biri sanaladigan «Sparta» klubiga tavsiya etadi. Keyinchalik uning faoliyati Evropaning bir nechta kuchli klublarida davom etganidan xabaringiz bor.

Miroslav Kloze



Jahon chempionatlarida tarixida eng ko'p gol kiritgan futbolchining bu ro'yxatda borligiga ishonish qiyin bo'lsada, bu fakt. Futbolchining oilasi Germaniyaga ko'chib kelganida Kloze 8 yoshda edi. Ota-onasi Klozening o'qib ta'lim olishini istar, Miroslav ham maktabni a'lo baholarga bitiradi va Berlindagi o'quv yurtlaridan biriga o'qishga kiradi. Kloze 20 yoshida Germaniyaning 7-dvizionidagi yarim professional jamoa bilan shartnoma tuzadi. Kloze uchun futbol bu shunchaki xobbi edi. Keyinchalik uning o'yinini ko'rgan murabbiylar o'z jamoalariga taklif eta boshlashadi. Tezkor va golni oldidan sezish qobiliyati tufayli Kloze juda tez mashxur bo'lib ketadi. Unin o'yinlarini qoldirmay tomosha qiladigan otasinin maslahatiga binoan o'qishni tashlaydi professional tarzda mashg'ulotlarni boshlaydi. Keyinchalik «Verder» tomonidan xarid qilingan futbolchi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oladi va 2006-yilda Germaniyada bo'lib o'tgan JChda porlaydi. To'g'ri, nemislar uyda o'tgan chempionatda g'olib chiqishni uddalay olmaydi, biroq Klozeni butun dunyo tan oladi.

Didie Drogba



Drogba Frantsiyaga ishlagani kelganida 16 yoshda edi. U tinimsiz mehnat qilar, o'z kunini o'zi ko'rishga chiranar edi. 18 yoshida Lemar shaxriga o'qishga o'qishga kirgan futbolchi professional klubda faoliyat olib borishni boshlaydi. Qahramonimiz o'qish bilan birgalikda futbolni ham tashlab qo'ymagan bo'lsada, faqat 20 yoshdagina ushbu sport turi bilan jiddiy shug'ullana boshlaydi. Keyinchalik, «Marsel» skautlari tomonidan ilib ketilgan futbolchi Frantsiya chempionatidagi o'yinlari bilan tezda mashxur bo'lib ketadi. Jismonan baquvvat va tezkor hujumchi uchun kurashga kirishgan «Chelsi» Joze Mourinoning oltin davrida uni xarid qiladi. O'z milliy terma jamoasini JChga olib chiqqan va yurtidagi fuqorolar urushiga barham bergan futbol afsonasi barchasini 21 yoshda boshlaganiga ishonish qiyin. Drogba kech boshlagan bo'lsada, barchasiga ulgurdi. Uning sovrinlari orasida APL g'olibligi va EChL chempionligi ham mavjud ekanligi uning mahoratidan dalolat.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida