Yangiliklar

100 million?!

Futbol olamidagi so'nggi yillarda bir nechta 100 milliondan ortiq narxga sotib baxolangan futbolchilar paydo bo'lgani hech kimga sir emas. Ularning barchasi ham transfer qiymatini oqlay oldimi? Ularning kariyerasi qanday ko'rinish olmoqda? Bugun ushbu mavzuga qisqacha to'xtalib o'tamiz. 1-qism.

Garet Beyl 100 million evro



Uelslik futbolchi ushbu sport tarixida 100 million evrodan ortiqroqqa sotilgan ilk futbolchi sifatida tarixda qolishi aniq. «Tottenhem» klubidan harid qilingan Beyl "Real Madrid" qo'lga kiritgan barcha sovrinlar uchun o'zining eng kuchga to'lgan yillarini bag'ishladi desak, adashmagan bo'lamiz. Garet «qirollik klubi» safida 4 bor EChLda g'olib chiqibgina qolmay, ichki chempionat va kubog o'yinlarda bir necha bor chempionlikni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi o'ziga to'langan pullarni oqladi yoki oqlamadi deyish juda mushkul. Futbolchi Madridda juda ko'p jarohat olgani bois, bir nechta o'ta muhim uchrashuvlarni o'tkazib yuborgani etmaganidek, ispan tilida so'zlashmagani bois, muxlisar yoqimtoyiga ham aylana olmadi. Shunga qaramay uning hisobida klub afsonalaridan biri Ronaldodan ko'ra ko'proq gol mavjud. Mavsum boshidagi tushumovchiliklarga qaramasdan, futbolchi o'zini qo'lga oldi va hozir Madrid klubining etakchilaridan biriga aylanib bormoqda.

Pol Pogba 105 million evro



Frantsiyalik yigitning ortga qaytishi «Manchester Yunayted» muxlislariga juda katta umid bag'ishlagan bo'lsada, ular kutgan natijani taqdim eta olmadi. To'g'ri, shu kunga qadar birorta «qizil iblis» undan ko'proq hujumda faolroq ko'rinmayapti, lekin muxlislarning aksariyati allaqachon Pogbani yomon ko'rib qoldi. Ayniqsa Joze qo'l ostida fubolchi tamomila futbol o'ynashdan zerikib qoldi va o'z sport formasini to'liq boy berdi. Keyinchalik jamoa postiga kelgan Sulsher Pogbaga ikkinchi imkoniyatni taqdim etdi. Avvaliga Pol qushdek uchib ketdi, gollar ketidan uzatmalar paydo bo'la boshladi, biroq mavsum so'nggida klub yana kuchli 4 jamoadan biri bo'lishni uddalay olgani yo'q. Mutaxassislarning fikricha futbolchining «Real Madrid»ga o'tishni istagani uning o'yiniga jiddiy ta'sir o'tkazgan, va Pol endilikda Manchester shaxrida avvalgi darajasida to'p sura olmaydi.

Hozirda qahramonimizning maydonda foydali harakatlari avvalgidan ancha kamayganini sezish qiyin emas. Katta ehtimol bilan Pol keying mavsumda Madrid klubi safiga o'tadi. Shunday ekan, unda 105 million evroni oqlash uchun yana bir mavsum qoldi xolos.

Neymar 222-million evro


Braziliyalik futbolchining PSJ klubiga o'tishi butun futbol olamini ostun-ustun qili yubordi. Butun dunyo uning transferini muhokama qila boshladi. Uning uchun «Barselona»ga to'langan pullar havoga uchdimi yoki PSJ o'z tarixidagi eng zo'r kelishuvga erishdimi hech kim bilmas, barcha voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuta boshladi. Uning PSJga o'tishi ko'hna qit'a klublari uchun EChL uchun yangi da'vogar paydo bo'lganini bildirishi kerak edi, ammo hammasi o'zgarib ketdi. To'g'ri, Neymarning kelgach, PSJ 2 bor ichki chempionatda g'olib chiqdi, biroq klub u siz ham bu ishni uddalagan bo'lar edi. Shunday bo'lsada, Neymar kiritilgan gollar va uzatmalar borasida chinakam rekordlarni qayd etdi. Afsuski, PSJ uchun eng muhim musobaqa EChLda futbolchi ikki mavsumdan beri qishda ortirib olgan jarohati tufayli hal qiluvchi bahslarda ishtirok etmayapti va klub o'z yurishini erta tugatishga majbur bo'lmoqda. Ming afsuski, Neymar yaqindagina yopilgan transfer oynasi chog'ida parijlik muxlislar oldida ortirilgan barcha obro'sini bir pul qilib yubordi. Darhaqiqat, futbolchi deyarli bir oydan ortiq vaqt mobaynida ushbu klub haqida nimalar demadi deysiz?! Agarda Neymar uchun PSJ 100 million evro to'laganida bu transfer o'zini oqladi desak, bo'lar edi. 222 million evroni oqlash uchun hech bo'lmsa Neymar EChLda bir bor g'alaba qozonishi shart. Ungacha bu transfer o'zini oqladi deyishga haqqimiz yo'q.

Usman Dembele 105 million evro (Bonuslardan tashqari)


Ikki oyoqda ham birdek o'ynay oladigan, fantastik tezlik egasi, yosh va iqtidorli futbolchi deb ta'rif berilgan Usman uchun «Barselona» o'z tarixida ilk bor 105 million evro to'lashga qaror qildi. Dembele klubdan ketgan Neymarning o'rnini egallashi ko'zda tutilgan bo'lsada, u bu ishni amalga oshira olmadi. O'zining katoloniyadagi ilk mavsumida deyarli hech  narsa ko'rsata olmagan futbolchi «boshsiz chavandoz» laqabini ortirib oldi xolos. Tezkor, kuchli zarbaga ega futbolchi maydonda hech narsa o'ylab topishni uddasidan chiqa olmay qoldi. Bundan tashqari, uning o'z ishiga ma'suliyatsiz yondoshgani bois, bir necha bor jarimga tortishgan bo'lsada, bolkay ulg'ayishdan bosh tortaverdi. O'zining injiqliklari sababli, Dembele tezda muxlislar va jamoadoshlari oldidagi mavqeyini yo'qotib qo'ydi. Hozirda Dembele klub tarixidagi eng omadsiz haridlardan biriga aylanishga juda yaqin turibdi. Shunga qaramay barchasini tiklash uchun unda imkoniyat mavjud. Uning transferi o'zini hozircha oqlamgan bo'lsada, Dembelda qolganlardan farqli o'laroq biroz vaqt mavjud.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida