Yangiliklar

Evro-2020 saralash. «A» guruhi. Angliya Chexiyaga yutqazdi

Evro-2020 saralash bosqichi doirasida kecha oqshom 3ta guruhda 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "A" guruhidagi markaziy o'yinda Chexiya va Angliya terma jamoalari o'rtasida o'tkazildi.

Uchrashuv inglizlar uchun omadli boshlandi. Xarri Keyn 5-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Chexlar esa tezda hisobni tenglashtirishdi: Brabets 9-daqiqada o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida esa Ondrashek Chexiyaga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Shu tariqa, Angliya terma jamoasining Evro va JCh saralash bosqichlaridagi 43ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi.

Endi Angliya va Chexiya hisobida 12tadan ochko mavjud. Chexiyaliklar raqibga nisbatan bitta o'yin ko'p o'tkazishgan. Noyabr oyida bo'ladigan Chexiya-Kosovo o'yini ikkinchi yo'llanma egasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Evro-2020 saralash bosqichi
"A" GURUHI
Chexiya – Angliya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 5, penalti Keyn, 1:1 – 9 Brabets, 2:1 – 85 Ondrashek.
Chexiya – Vatslik, Brabets, Borjil, Tsoufal, Chelyustka, Masopust (Zmrgal, 90), Yankto (Kopits, 83), Souchek, Darida, Kral, Shik (Ondrashek, 65).
Angliya – Pikford, Kin, Maguayr, Rouz, Tripper, Rays (Abraxam, 88), Sancho (Reshford, 73), Xenderson, Maunt (Barkli, 72), Sterling, Keyn.

Chernogoriya – Bolgariya 0:0 (0:0, 0:0)
Chernogoriya – Petkovich, Lagator, Simich, Savich (Kosovich, 39), Sekulich, Vukchevich, Marushich, Bolevich, Xakshabanovich (Mirkovich, 82), Yovovich (Yankovich, 67), Bechiray.
Bolgariya – Iliev, Popov (Kostadinov, 63), Dimitrov, Zanev, Malinov, Ivanov, Pashov, Kraev, Vanderson (Karagaren, 77), Marselino (Isa, 70), Nedyalkov.

JamoaO'yin G'    D   M   T - N   Ochko
1 Angliya 5 4 0 1 20-6 12
2 Chexiya 6 4 0 2 11-9 12
3 Kosovo 5 2 2 1 10-10 8
4 Bolgariya 6 0 3 3 5-11 3
5 Chernogoriya 6 0 3 3 3-13 3

 


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida