Yangiliklar

Evro-2020 saralash. «B» guruhi. Portugaliyadan navbatdagi g'alaba, Ukraina bir oyoq bilan Evropa chempionatida

Evro-2020 saralash bosqichi doirasida kecha oqshom 3ta guruhda 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "V" guruhi etakchilari navbatdagi turni g'alaba bilan yakunlashdi.

Portugaliya terma jamoasi o'z uyida Lyuksemburgni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 3ta to'p yo'llashdi. Bernardu Silva, Krishtianu Ronaldu va Gonsalu Gedesh gol mualliflariga aylanishdi.

Ukraina esa Xarkovda 35 ming muxlis qarshisida Litva ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ukrainlarning har ikkala golini Malinovskiy raqib darvozaga joyladi.

Ushbu g'alabadan keyin Shevchenko jamoasi o'z  ochkolarini 16taga etkazib oldi. Ukraina keyingi turlarda bo'ladigan Portugaliya (14 oktyabr) va Serbiya (17 noyabr)ga qarshi o'yinlarda 1 ochko qo'lga kiritsa ham Evro-2020 yo'llanmasiga ega bo'ladi.

Portugaliyaga esa qolgan 3ta o'yinda 6 ochko etarli bo'ladi.

Evro-2020 saralash bosqichi
"V" GURUHI
Portugaliya – Lyuksemburg 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Bernardu Silva, 2:0 – 65 Ronaldu, 3:0 – 89 Gedesh.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Semedu, Pepe, Ruben Diash, Gerreyru, Brunu Fernandesh, Danilu Pereyra, Bernardu Silva (Gedesh, 77), Moutinyu (Ruben Nevesh, 90), Joau Feliks (Joau Mariu, 88), Ronaldu.
Lyuksemburg – Moris, Shano, Karlson, Yans, Jerson, Till, Till (Bensi, 88), Rodrigesh, Barreyro, Bonert (Sinani, 46), Tyurpel (da Mota, 59).

Ukraina – Litva 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Malinovskiy, 2:0 – 58 Malinovskiy.
Ukraina – Pyatov, Krivtsov, Matvienko, Sobol, Zinchenko, Marlos (Konoplyanka, 59), Bolbat, Malinovskiy, Stepanenko (Sidorchuk, 73), Yarmolenko (Tsigankov, 65), Moraes.
Litva – Chernyauskas, Girdvaynis, Klimavichyus, Andryushkyavichyus (Shimkus, 62), Mikolyunas, Verbitskas, Vorobev, Julpa, Laukjyamis (Matulyavichyus, 77), Novikovas, Golubitskas (Lasitskas, 73).

JamoaO'yin G'   D   M   T - N  Ochko
1 Ukraina 6 5 1 0 13-1 16
2 Portugaliya 5 3 2 0 13-4 11
3 Serbiya 5 2 1 2 10-12 7
4 Lyuksemburg 6 1 1 4 5-11 4
5 Litva 6 0 1 5 4-17 1

 


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida