Yangiliklar

Nazorat o'yini. AGMK «Rubin»ni tor-mor etildi

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusda yig'in o'tkazayotgan AGMK Pro-liga vakili «Rubin» bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Qibraydagi stadionda o'tgan bellashuvda Mirjalol Qosimov har ikkala bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirib, qo'l ostidagi barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Birinchi bo'limda jamoamiz a'zolari raqib darvozasini 3 marotaba, tanaffusdan keyin esa 4 bor ishg'ol etib, yakunda yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.

Dastlab Mirjamol Qosimov uzoq masofadan gol urgan bo'lsa, sal o'tib Elguja Grigalashvili o'z nomiga gol yozib qo'ydi. Tanaffusga qadar esa Jasur Hakimov burchak zarbasidan keyin bosh bilan gol urib hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo'limda Shahzod Nurmatov dubl qayd etgan bo'lsa, Zafar Polvonov va Murod Toshmatov ham o'z nomini tabloga yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa to'liq tashabbus va ustunligimiz ostida o'tgan nazorat bahsida «Rubin» tor-mor keltirildi.

Qayd etish kerakki, mazkur o'yinda chempionat avvalida jiddiy jarohat olib safdan chiqqan iqtidorli yarim himoyachimix Rasul Yo'ldoshev uzoq tanaffusdan keyin jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytdi va ikkinchi taymni to'liq o'tkazdi.

AGMK jamoasi Superliganing 22-turi doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayonini Qibraydagi stadionda davom ettiradi.

Nazorat o'yini.
11 oktyabr.
AGMK — «Rubin» 7:0
Qibray stadioni.
Bosh hakam: Vadim Agishev
Gollar: Mirjamol Qosimov, Grigalashvili, Jasur Hakimov, Shahzod Nurmatov (2ta), Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.

AGMK — Suhrob Sultonov (Roman Abdulov, 30) - Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Igor Zonich, Akmal Shorahmedov - Dilshod Jo'raev, Jasur Umarov, Mirjamol Qosimov - Elguja Grigalashvili, Jasur Hakimov, San'at Shixov.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar — Roman Abdulov (Akbar To'raev, 60) - Mirg'iyoz Sulaymonov, Bobur Yo'ldoshev, Vladislav Kasminin, Sheroz Jalolov - Saydullo Toshpo'latov, Rasul Yo'ldoshev, Shahzod Nurmatov - Zohir Pirimov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida