Yangiliklar

Andorra Evropa chempionatida dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi

Evro-2020 saralash bahslarining ettinchi turida Andorra terma jamoasi Moldova ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi (1:0).

Andorra 20 yil oldin Evropa chempionatlari saralashida qatnasha boshlagan - Evro-2000 saralashida va shundan beri 56 ta uchrashuv o'tkazgan, shulardan 55 tasida yutqazgan.

Ushbu g'alaba Andorra milliy terma jamoasiga kiritilgan gollar va o'tkazib berilgan gollar farqi jihatidan H guruhining asosiy autsayderi bo'lmish Moldovani ortda qoldirdi.

Ma'lumot o'rnida, jahon chempionatlarining saralash turnirlarida andoraliklar ancha muvaffaqiyatli harakat qilishgani qiziq: 52 uchrashuv, 2 g'alaba va 3 durang.

Andorra uchun 2006 yildagi Jahon kubogi eng omadli bo'lgan: Makedoniya ustidan g'alaba va xuddi shu Makedoniya va Finlyandiya bilan durang. Yana bir g'alaba (Vengriya ustidan) va durang (Farer orollari bilan) JCh-2018 saralashida qo'lga kiritilgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida