Yangiliklar

Villash-Boash: "Marsel"ning moliyaviy ahvoli yomon

Andre Villash-Boash "Marsel"ning moliyaviy ahvolini yomon ekanligini aytdi, ammo shu bilan birga u jamoani tark etish niyatida emasligiga ishontirdi - RMC Sport xabarida.

"Bizning asosiy muammoimiz - jamoamizning moliyaviy ahvoli yomonligida. Umid qilamanki, bu vaqtinchalik qiyinchiliklar va meni juda iliq kutib olgan jamoadan ketmoqchi emasman", - dedi "Marsel" bosh murabbiyi France 3 Provence-Alpes-Cote d'Azurga bergan intervyusida.

Shuningdek, 41 yoshli mutaxassis o'zining kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi: "Men murabbiylikning o'n yilligini ortda qoldirdim. Umuman olganda, 15 yil davomida murabbiylik qilishni rejalashtirganman, hali menda yana 5 yil bor. Keyinchalik menda "Portu" prezidenti bo'lish istagi bor".


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida