Yangiliklar

Portugaliyadagi stadionga Ronaldu nomi berilishi mumkin

Lissabonning "Sporting" klubi prezidenti Frederiko Varandas jamoaning uy stadioni nomini o'zgartirish haqida o'ylamoqda. Uning so'zlariga ko'ra, "Joze Alvalade" arenasiga Krishtianu Ronaldu nomi berilishi mumkin.

"Bu masalani biz uzoq kelajakka qoldirmoqchi emasmiz. Krishtianu ismi biz bilan bog'liq bo'lishi bizga faxr bag'ishlaydi. Ronaldu hamisha klubimizning buyuk timsollaridan biri bo'ladi.

Uning qadr-qimmatini yoshlar akademiyasi devorlarida aks ettirganmiz. Shubhasiz, Krishtianu — Portugaliya tarixidagi eng yaxshi futbolchi, futbol tarixidagi eng yaxshi sportchilardan biri", — dedi Varandas Tuttosport nashriga bergan intervyusida.

Ronaldu "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 15 yoshida bu klub safida debyut qilgan. U lissabonliklar safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qilgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida