Yangiliklar

«Barselona» Suaresning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan 5 hujumchini aniqlab oldi

"Barselona" rahbariyati jamoaning bir necha yillik hujum qiroli Luis Suaresning o'rniga futbolchi qidirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 2020 yoki 2021 yilda yangi hujumchi sotib olmoqchi. Bu narsa urugvaylik futbolchi ko'rsatadigan samaradorlikka bog'liq bo'ladi. Luis ushbu mavsumda 8ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar tomonidan tuzilgan ro'yxatga Kilian Mbappe ("PSJ"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"), Lautaro Martines ("Inter") va Roberto Firmino ("Liverpul") kabi top-hujumchilar kiritilgan.

"Barsa" uchun ustuvor nomzodlar — Mbappe va Keyn.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida