Yangiliklar

Afrikalik «marvarid»: «Real»ga o'tishni istamagan «yangi Messi» haqida

«Barselona»da kutilmaganda yangi yosh yulduz paydo bo'ldi. Yozda hech kim bunday bo'lishini kutmagandi. Ayni damda Ansu Fati — mavsum kashfiyoti. Quyida afrikalik yosh yulduz haqida ma'lumot beramiz…

Ansu Fati 2019 yilning 25 avgustida «Betis»ga qarshi o'yinda maydonga tushdi — bu uning «Barselona»dagi debyuti edi. U 78-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. Bu bilan esa o'zining dastlabki rekordini o'rnatdi. Ya'ni Fati oxirgi 78 yil ichida «Barselona» safida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. 25 avgustda esa 16 yoshu 298 kunlik edi.

Fatining birinchi goli ko'p kuttirmadi. «Osasuna»ga qarshi o'yinda mehmonda qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga juda chiroyli tarzda joylab qo'ydi. Bu uni «Barselona» tarixidagi eng yosh to'purarga aylantirdi. Oldingi rekord Boyan Krkichga tegishli edi. La Ligada Fati bu borada Iker Munyain («Atletik») hamda Fabris Olinga («Selta»)dan keyingi o'rinda turadi.

«MO''JIZA»NING TUG'ILIShI

Ansu Fati Gvineya-Bisauda tug'ilgan va 6 yildan keyin oilasi Sevilyadan 120 km uzoqlikdagi hududga ko'chib kelgan. Fati aynan Andaluz klubida futbol bilan jiddiy shug'ullanishni boshlagan. 10 yoshida esa «Barselona»ga ko'chib o'tgan. Bir yildan keyin akasi Braim ham futbolga kirib keladi. Ammo uning faoliyati Fatiniki kabi omadli boshlanmagan, u ayni damda «Kalaorre» klubida. Fatining ukasi Migel esa «Barsa»ning yoshlar klubi safida o'ynamoqda

«REAL»NI RAD ETGAN

Ansu «Real»ga o'tishi mumkin edi. Otasi Borisning xotirlashicha, Madrid klubi vakillari ular bilan ko'p bor uchrashgan va ko'ndirishga urinishgan. Shu mahalda esa «Barselona» skautlari paydo bo'lishgan. «Ular ko'proq hurmat-e'tibor ko'rsatishdi. Uyimizga kelishdi va qiziqarliroq taklif bilan chiqishdi», deydi Boris Fati. Hal qiluvchi omil esa mashhur «La Masiya»da o'qish bo'ldi.

Shu paytda 9 yashar futbolchi atrofidagi dastlabki mojaro yuzaga keldi. «Barselona» bilan kelishuvdan xabar topgan «Sevilya» sport direktori Ramon Monchi bundan g'azablandi. U mazkur kelishuv odamgarchilikka to'g'ri kelmasligini va «Sevilya» qiziqroq taklif bildirishini aytdi. Tomonlar kelisha olishmagach esa Andalus klubi yosh futbolchini diskvalifikatsiya qildi. Ammo bu Fatining foydasiga ishladi, ya'ni uning «Barselona»ga o'tishi tezlashdi.

Ansu Fatiningo'yin uslubi qanday? Aynan shu narsa "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdeni o'ziga jalb qiladi: "Fati raqibini arosatda qoldirib keta oladigan o'yinchi, u juda tezkor va bitta futbolchini bemalol aldab keta oladi». Bundan tashqari, Ansu kuchli zarbasi bilan ajralib turadi, u vaziyatni yaxshi his qiladi va to'pni jamoadoshiga qachon uzatish kerakligini biladi. Kuzatuvchilar har qanday vaziyatda o'zini erkin his qiladigan, nima qilish kerakligini doimo tushunadigan ushbu futbolchining harakatlari uyg'unligi va barqarorligini qayd etishadi.

Birinchi ustozi Ansu Fatiga shunday ta'rif bergan: «Men 50 yil davomida bunday futbolchini ko'rmaganman. U ajoyib xarakter egasi, hech kimdan qo'rqmaydi». «Barselona»ning sobiq a'zosi Viktor Valdes esa «Fatiga erkinlik berish kerak, uni hech qanday qolipga solish to'g'ri emas. Fati o'zi uchun kerak bo'lgan muhitni o'zi yaratishi kerak. U marvarid», deya ta'riflaydi.

 


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida