Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Koreyadagi yig'inni davom ettirmoqda

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Janubiy Koreyada yig'in o'tkazmoqda.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz ilk o'yinni Xvason shahrida o'tkazishdi. Bugun terma jamoamiz ushbu shahardagi oxirgi mashg'ulotini “Hwaseong Sports Complex” arenasida o'tkazdi va tushdan so'ng Chxonan shahriga etib keldi.

Janubiy Koreya U23 – O'zbekiston U23 o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv aynan Chxonan shahrida joylashgan “Cheonan Sports Complex” o'yingohida bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv 14 oktyabr kuni o'tkaziladi va mahalliy vaqt bilan soat 20:00, Toshkent vaqti bilan esa 16:00da boshlanadi. O'yin Koreyaning MBC telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi ko'zda tutilgan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida