Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda

Bilasiz, 23-25 oktyabr kunlari Eronda futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ning saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi kuni kecha poytaxtimizda yig'inga kirishdi. Mazkur yig'in saralash oldidan oxirgisi bo'lib, hal qiluvchi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Terma jamoamiz mazkur yig'in doirasida 2 ta xalqaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ko'zda tutilgan. Dastlab Toshkentda mashg'ulotlar olib boradigan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 17 va 19 oktyabr kunlari Bishkekda Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. So'ngra Eronga yo'l oladi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida