Yangiliklar

«GSB Bangkok Cup»: O'zbekiston U19 Tailandni mag'lub etdi va 3-o'rinni egalladi

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o'tayotgan “GSB Bangkok Cup” musobaqasida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Dastlabki o'yinda Janubiy Koreya U-19 termasi bilan bahs yuritib, 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan vakillarimiz bugun 3-o'rin uchun bahsda Tailand bilan to'qnash kelishdi. Qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgan o'yinda hamyurtlarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga ega chiqishdi. O'yin taqdirini Jasur Jaloliddinov uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda olis masofadan aniq zarba yo'llab, uchrashuv taqdirini hal qildi.

Tailand U19 – O'zbekiston U19 0:1
Gol: Jasur Jaloliddinov (90+4).
O'zbekiston U19:  Xurshid Ubaydullaev, Odilbek Abdumajidov, Alibek Davronov, Xojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Behzod Shamsiev, Islom Abdullaxonov,  Eldor Begimov, Diyor Ramazonov, Abdulaziz Abdusalomov, Husayn Norchaev.  


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida