Yangiliklar

Serbiya futbol federatsiyasi Portugaliyadan ochko olish evaziga Litva va Lyuksemburgga pul taklif qilmoqda

Serbiya futbol federatsiyasi Litva va Lyuksemburgga pul to'lashga tayyor, agar ular Portugaliyadan ochko olishga muvaffaq bo'lishsa. Bu haqda Kurir nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, serbiyaliklar Litva hamda Lyuksemburgga 500 ming evro taklif qilishmoqda. Bu jamoalar Portugaliyani ochkolar mahrum qilishsa, Lyubisha Tumbakovich jamoasi Evro-2020 yo'llanmasi uchun kurashda portugallarni ortda qoldirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Saralashning "V" guruhida Portugaliya 11 ochko bilan 2-o'rinni, Serbiya esa 10 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Ukraina guruh peshqadami sifatida Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida. Serbiya terma jamoasini noyabr oyida Lyuksemburg va Ukraina terma jamoalariga qarshi o'yinlar kutib turibdi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida