Yangiliklar

Ibragimovich: «Menga hamma qo'ng'iroq qilmoqda!»

Hujumchi Zlatan Ibragimovich unga kelib tushayotgan takliflar haqida fikr bildirdi.

Avvalroq hujumchi Karlo Anchelotti qo'l ostida o'ynash istagini bildirgan edi va murabbiy bunga xazil tariqasida Ibragimovichni chaqirib, bu masalani muhokama qilishini aytib o'tgan edi.

- Hamma menga qo'ng'iroq qilmoqda! Senga ham mening raqamim kerakmi? Menga qo'ng'iroq qilishing uchun? Yaxshi, biz buni tashkillashtiramiz, - dedi Zlatan Eurosport jurnalistiga.

Shundan so'ng, muxbir futbolchidan MLSda yana bir mavsum qolishini so'radi.

"Rahmat, men buni qadrlayman", deb javob berdi hujumchi.

Ma'lumot uchun 38 yoshli Ibragimovichning "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnomasi dekabrda nihoyasiga etadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida