Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi

Professional futbol ligasi Coca-Cola O'zbekiston kubogi finalini yuqori saviyada tashkil etish yo'lida “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazi bilan kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, final oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi.

Rejaga ko'ra, Shota Arveladze ham, Mirjalol Qosimov ham matbuot anjumaniga jamoaning etakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko'rinishda emas, bayramona ruhda o'tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Coca-Cola O'zbekiston kubogi g'olibiga topshiriladigan yangi sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin.

“Paxtakor” va AGMK klublari muxlislari o'z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo'lishlari mumkin.

Ma'lumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazidagi tadbir 25 oktyabr — juma kuni soat 19:00 da bo'lib o'tadi.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida