Yangiliklar

Rafael Balasanyan: «Afsuski, xatolar tufayli yirik hisobda yutqazdik»

O'zbekiston Liga kubogi yarim finali doirasidagi AGMK - "Dinamo" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi Rafael Balasanyan o'z fikrlarini bildirdi.

«Yigitlar o'yindan oldingi rejaga amal qilishdi. Rejamiz har bir futbolchi o'z o'rnida qat'iy o'ynashi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish edi. 75-daqiqaga qadar rejaga amal qildik. Afsuski zaxiradan maydonga tushgan darvozabonning xatolari tufayli yirik hisobda yutqazdik. Darvozabon yaqinda jarohatdan qutulgandi shu bois unga o'yin amaliyoti berish uchun zaxiradan maydonga tushirgandik. To'g'ri natija qoniqarsiz, ammo o'yin borasida deyarli qoniqdim.

Nimaga asosiy tarkibda tushgan darvozabonni almashtirdim? Sababi oldinda muhim o'yinlar bor va jamoamizda ikkinchi darvozabon bo'lgan Eshbo'taev o'zining avvalgi sport formasiga tezroq qaytishi uchun uni zaxiradan maydonga tushirdik», - deydi Rafael Balasanyan.


Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив



O'zbekiston va jahon futboli yangiliklari - chempionatlar, derbilar, uchrashuvlar, video lavxalar, sharxlar, uchrashuv vaqtlari va boshqa futbol yangiliklari. Yevropa ligasi, chempionlar ligasi, osiyo kubogi, jahon chempionati, Angliya premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1, Rossiya Premyer-liga barchasi SOCCER.UZ saytida